Sulsher Mourino ko‘zlagan futbolchini oladi

  • 27 iyul, 2020, 14:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Manchesterliklar “Valensiya” yarim himoyachisi Joffre Kondogbia uchun kurashda “Tottenxem” bilan raqobatlashishga tayyor.

Tecno

27 yoshli frantsiyalik futbolchi jismoniy ko‘rsatkichlari evaziga tayanch yarim himoyachi sifatida o‘ta ishonchli harakat qiladi. Sulsher uni Nemanya Matichga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

“Valensiya” kelasi mavsum Evrokuboklarda ishtirok eta olmasligi uchun iqtisodiy muammolarga duch kelmoqda va qator etakchi futbolchilarini transfer qilishga majbur. Xususan, ispaniyaliklar Kondogbiyaning transferidan 20 million funt olmoqchi.

Kondogbia “Valensiya” tarkibida uch mavsum davomida 76 ta o‘yinda qatnashi, oltita gol urdi va shuncha golli pas uzatdi.

geoffrey-kondogbia-valencia-1527162990-15582

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!