Sulsher: Jamoani Pogbaning atrofida shakllantirmoqchiman

  • 18 iyul, 2019, 14:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher yarim himoyachi Pol Pogbani qanday qilib bo‘lsa ham "Old Trafford"da olib qolmoqchi.

Tecno

“Men jamoani Pogbaning atrofida shakllantirmoqchiman. Pogbada ushbu jamoa bilan sovrin yutish hissi hech qachon bo‘lmagan. Agar biz buni uyg‘ota olsak, barchasi o‘zgaradi. Umid qilamanki bu unga turtki berishi mumkin. Men uni loyihamizning bir qismi bo‘lishini xohlayman”, - deydi norvegiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 26 yoshli frantsiyalik futbol yulduzining “Real”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!