
Sulsher Fergyusondan so‘ng bu ishni uddalagan ilk murabbiy bo‘ldi
"Manchester Yunayted" kecha APLning 29-turida hamshahari "Manchester Siti"ni mag‘lubiyatga uchratdi.
Evening Standard nashrining ma’lum qilishicha “qizil iblislar” 2009/2010 yilgi mavsumdan buyon ilk bor “shaharliklar”ni bir mavsumda 2 marta mag‘lubiyatga uchratishdi.
10 yil oldin ser Aleks Fergyuson boshchiligidagi “Yunayted” “Siti”ni o‘z maydonida 4:3, safarda esa 1:0 hisobida mag‘lub etgan.
Eslatib o‘tamiz, Ule Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi MYu birinchi davrada safarda “Manchester Siti”ni 2:1 hisobida taslim etgan edi.
Fikrlar