
Suarez: "Hamma o‘rnidan turib uni olqishlasin"
Messi va uning jamoadoshlari Xorvatiyani mag‘lub qilib, finalga chiqdi. O‘yinda Leo bir gol va bir assist amalga oshirdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
Messining sobiq jamoadoshi Luis Suarez futbolchining harakatlariga baho berdi:
Sen hech qachon dunyodagi eng zo‘ri ekanligingni isbotlashdan charchamaysan. Bu bola futbolga bergan narsalari uchun hamma o‘rnidan turib, uni olqishlasin", dedi 35 yoshli hujumchi.
Messi chempionatda 5-golini kiritib, Mbappega etib oldi. Uning hisobida 3 ta assist ham bor. Ayni damda Leo mundialning eng ko‘p golda qatnashgan futbolchisi bo‘lib turibdi
Fikrlar