Suares “Barsa”ga zahrini sochdi

  • 24 fevral, 2021, 20:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lib turgan “Atletiko” hujumchisi Luis Suares uni “Barselona”dan qanday haydashgani haqida gapirib berdi.

Tecno

- Haqiqatan g‘azabimni qo‘zitgani - menga katta klub hujumchisi bo‘lish va yuqori saviyada o‘ynash uchun ancha qarib qolgansan, deyishgani bo‘ldi. Mana shu menga yoqmadi. Agar men uch-to‘rt mavsum hech narsa qila olmaganimda, buni to‘g‘ri qabul qilardim. Men har yili 20tadan ko‘p gol urardim va bu ko‘rsatkich bo‘yicha faqat Messidan ortda edim.

Hozir “Barselona”da o‘ynash oson emasligini hamma ko‘rib turibdi. Ko‘p o‘yinchi olindi, lekin ular kutilgan darajaga ko‘tarila olmadi. Men u erda olti yil to‘p tepdim va yuqori saviyani ushlab turdim. Men hurmatga loyiq edim, lekin qanday ketkazishganini tushunmay ham qoldim, - dedi Luis Suares.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!