
Student's Cup. Bugun finalda vodiy derbisi guvohi bo‘lamiz!
Bugun Student's Cup Respublika bosqichining hal qiluvchi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Dastlab 3-o‘rin uchun bahs, so‘ng final o‘yini boshlanadi.
3-o‘rin uchun kechadigan bellashuvda Guliston Davlat Universiteti talabalari Samarqand Davlat Universiteti terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 17:00 da boshlanishi ko‘zda tutilgan.
Final esa ikki vodiy oliygohlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Unda Namangan Davlat Universiteti termasi Andijon Davlat Universiteti talabariga qarshi saf tortadi. Mazkur o‘yin 18:00 da start oladi.
Fikrlar