
Stol tennischilarimizning Rigadagi muvaffaqiyatlari
Mamlakatimizda Olimpiya o‘yinlari turkumiga kiruvchi sport turlarini aholi o‘rtasida yanada ommalashtirish va ularning mazkur sport turi bilan yoshlarni shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Davlatimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda, yosh sportchilarni mahoratini oshirish maqsadida O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi bir qator davlatlarda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari Latviyada stol tennis bo‘yicha xalkaro o‘kuv-mashg‘ulot yig‘inda ishtirok etdi. Shuningdek, tennischilarimiz yig‘in doirasida xalqaro turnirda ham ishtirok etdi.
Riga shahrida o‘tgan nufuzli musobaqada 17 jamoa tarkibida 220 nafarga yaqin stol tennischilar g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bahslarda hamyurtimiz Jamshid Rahimberganov va Nasibaxon Tojioxunova bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar