Stol tennischilarimiz “Youth Contender" turnirida yana ikki medal qo‘lga kiritishdi

  • 31 may, 17:51
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentda o‘tayotgan stol tennisi bo‘yicha "Youth Contender" turnirida navbatdagi yo‘nalishlarda g‘oliblar aniqlandi. Unda hamyurtlarimiz 1 tadan oltin va kumush medallarga ega chiqishdi.

Tecno

U15 yosh toifasida malayziyalik Hong An Li bilan juftlik hosil qilgan hamyurtimiz Adelina Hasanova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu uning musobaqadagi ikkinchi medali bo‘ldi. 

Shuningdek, U19 toifasida yigitlar o‘rtasidagi mikst dasturida Xurshid Ahmedov va Asel Erkebaeva kumush medallar bilan taqdirlanishdi.

Azimqulova Muxlisa

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!