
“Stok Siti” Batlendning narxini ma’lum qildi
The Telegraph nashri xabar berishicha, “Stok Siti” rahbariyati jamoaning asosiy darvozaboni Jek Batlendni sotib yuborishga tayyor.
Manbada keltirilishicha, klub 26 yoshli kipernining transfer bahosini 30 million evro deya baholamoqda. Batlend 2013 yildan buyon “Stok Siti”da to‘p surib kelmoqda. O‘z navbatida darvozabon ham yozda APLga qaytishni istamoqda.
Hozirda unga “Kristal Pelas” hamda “Bornmut” klublari tomonidan qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar