Sterling: "Man Siti" bilan shartnomam bor, ammo "Real"...

  • 21 fevral, 2020, 22:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Raxim Sterling Madridning "Real" klubi haqidagi savollarga javob berdi.

Tecno

- Agar bosh murabbiy bo‘lsangiz "Real"dan qaysi futbolchi bilan shartnoma imzolagan bo‘lardingiz?

- Luka Modrich bilan! Men unga qarshi ikki marta o‘ynaganman. Ayniqsa, Xorvatiyaga qarshi o‘yinda, u maydon bo‘ylab shunchaki "suzgan" edi. Uni tomosha qilish juda maroqli.

- U sizning asosiy tarkibingizda bo‘larmidi?

- 100 foiz! Albatta!

- O‘zingizni "Real" safida ko‘ra olasizmi? Bitim imzolarmidingiz?

- Hozirda, men "Manchester Siti"da baxtliman. Ammo "Real" fantastik jamoa! Oq libosni ko‘rganingizda, bu qanday klub ekanligini bilasiz. Bu katta jamoa!

Meni "Manchester Siti" bilan shartnomam bor. Men uni xurmat qilishim kerak. Ammo "Real" fantastik jamoa!" - dedi Sterling.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!