SPORTS.uz Belgrad-2021. Xorvatiyalik murabbiy: Men o‘zbek bokschilarining jangini bevosita ringda tomosha qilishdan mamnunman

  • 1 noyabr, 2021, 17:40
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Tecno

SPORTS.uz sayti ijodkorlari chempionatni bevosita Belgraddan yoritib bormoqda. Musobaqa davomida mutaxassislar fikri, bokschilarimizdan intervyular va ko‘plab eksklyuziv materiallar saytimiz kuzatuvchilariga taqdim etilmoqda.

Bu gal Xorvatiya terma jamoasi murabbiyi Tomo Karich SPORTS.uz sayti jurnalistlariga o‘zbekistonlik bokschilar va murabbiylar haqida iliq fikrda ekanligini bildirdi.

- Men o‘zbekistonlik bokschilarni yaxshi bilaman. Ular juda kuchli. Fikrimcha, o‘zbek bokschilari puxta tayyorgarlik ko‘rgan. Bilamiz, ular ko‘pgina medallarni qo‘lga kiritishgan. Men o‘zbek boksini kuzatib turaman va biz murabbiylar ulardan ko‘p narsani o‘rganishga harakat qilyapmiz. Men o‘zbek bokschilarining jangini bevosita ringda tomosha qilishdan juda xursandman, - dedi tomo Karich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!