
SPORTS.uz Belgrad-2021. Nodirjon Mirzahmedov: Ularning mag‘lubiyati bizga kuch berib, bundan ham yaxshi natija qilishga harakat qilamiz
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun to‘rt nafar hamyurtimiz ishtirokidagi bellashuvlarning shohidiga aylanamiz. Dastlab Nodirjon Mirzahmedov (-48 kg) irlandiyalik Rikkey Nesbittga qarshi jang o‘tkazdi.
Vakilimiz ushbu bellashuvda raqibidan ustun keldi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Jangdan so‘ng Nodirjon Mirzahmedov SPORTS.uz saytiga o‘z fikrlarini bildirdi.
- Birinchi jang bo‘ldi. Hamma sportchilarga ilk ishtirok qiyin kechadi, deb o‘ylayman. Shunga qaramasdan g‘alaba qozondik.
Keyingi bosqichda qozog‘istonlik bokschi bilan jang qilaman. U bilan avval ham to‘qnash kelganmiz. Kim g‘alaba qozonishini ringda bilib olamiz.
Bayroqdor bokschilarining mag‘lubiyati? Ular yaxshi jang o‘tkazishdi. Ularning mag‘lubiyati bizga kuch berib, bundan ham yaxshi natija qilishga harakat qilamiz, - dedi Nodirjon Mirzahmedov.
Fikrlar