
SPORTS.uz Belgrad-2021: Kun doirasidan o‘rin olgan O‘zbekiston uchun oxirgi jangda hamyurtimiz g‘alaba qozondi
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.
Kun doirasidan o‘rin olgan biz uchun oxirgi jangda Saidjamshid Jafarov (-75 kg) yaponiyalik Yuito Morivaki bilan ringga chiqadi. Ushbu jang bir necha daqiqadan so‘ng boshlanadi.
Ushbu juftlik g‘olibi ozarbayjonlik Kozimzoda Mirsharif bilan 1 noyabr kuni nimchorak finalda to‘qnash keladi.
Bokschilar ringga chiqib kelishdi. Hamyurtimiz qizil libosda, uning raqibi ko‘k formada harakat qiladi.
Birinchi raund boshlandi.
Saidjamshid o‘ng qo‘ldagi zarbalarga urg‘u bermoqda. Yaponiyalik bokschi ham undan qolishmaslikka urinyapti. Yuito Morivakida o‘ng qo‘l zarbasi kuchliroq ekan. Endi esa Saidjamshid Jafarov o‘ng qo‘lda ikki bor zarba yo‘lladi. Biri aniq chiqdi. Hakamlar ilk raundda vakilimiz 5:0 hisobida ustun kelganini qayd etishdi.
Birinchi raund yakunlandi.
Ikkinchi raund boshlandi.
Hamyurtimiz chap qo‘lda yakkalik zarbalari bermoqda. Zarbalar aniq va kuchli. Saidjamshid Jafarov chap qo‘ldagi kuchli tomonidan foydalanib, zarba beryapti. Bu raund ham bizning foydamizga - 5:0.
Ikkinchi raund yakunlandi.
Uchinchi raund boshlandi.
Yaponiyalik bokschi vakilimizga qarshilik ko‘rsata olmayapti. Saidjamshid ortiqcha hujumga o‘tmay, ehtiyotkorlikka e’tibor qaratsa ham bo‘ladi. Raqibi esa tavakkal qilib, zarbalar bermoqda. Saidjamshid esa uni qarshi zarbalar bilan kutib olyapti.
Jang yakunlandi. Hakamlar bokschimizning g‘alabasini qayd etishdi - 5:0. Saidjamshid keyingi bosqichga yo‘l oldi. Endi u ozarbayjonlik Kozimzoda Mirsharif bilan 1 noyabr kuni nimchorak finalda to‘qnash keladi.
Fikrlar