SPORTS.uz Belgrad-2021: Bugun 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi jang o‘tkazadi

  • 28 oktabr, 2021, 12:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Bugun uch nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi. Dastlab Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) AQSh vakili Jamal Xerleyga qarshi jang o‘tkazadi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 16:15dan so‘ng boshlanadi.

Og‘ir vazn toifasidagi hamyurtimiz Lazizbek Mullojonov (+92 kg) eronlik Puria Amiri bilan jang o‘tkazadi. Bu jang taxminan 19:30dan keyin start oladi.

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev (-67 kg) esa falastinlik Axmed Xarara bilan ringga chiqadi. Biz uchun kunning oxirgi jangi taxminan 22:50ga yaqin boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!