Sportdagi "egizaklar" yoxud Zinedin Zidan va Xabib Nurmagomedov o‘rtasida qanday o‘xshashliklar bor?

  • 18 mart, 15:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • MMA
BEPUL PROPAN

MMA yulduzi Xabib Nurmagomedov va futbol afsonasi Zinedin Zidan o‘rtasida juda ko‘p o‘xshashliklar borligini sezganmisiz? Ikki hil millat va ikki xil sport turida porlagan bu ikki dahoning yuz tuzilishi uyoqda tursin, soch turmagi ham bir-biriga o‘xshamasligi aniq. Biroq ularning hayot yo‘llari shu qadar bir-biriga yaqinki, buni ko‘rib taqdirga tan bermaslikning iloji yo‘q. Agar hali ham gaplarimga tushunmagan bo‘lsangiz, quyidagi maqolani oxirigacha o‘qib chiqishingiz lozim. Xullas, boshladik.


Faoliyatining cho‘qqisida nafaqaga chiqish

Xabib Nurmagomedov 2020 yilga kelib, 29-0 rekord bilan faoliyatining eng cho‘qqisida nafaqaga chiqqanini ma’lum qildi. Albatta, uning bu qarorga kelishiga otasining vafoti sabab bo‘lgani bor gap, biroq Xabib yana bir necha yil engil vaznda "hukmronlik qilishi" mumkin edi. 

2003 yilda Zinedin Zidan uchinchi marta dunyoning eng yaxshi futbolchisiga aylandi, 2004 yilda esa UEFA tomonidan so‘nggi 50 yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. 2006 yilgi jahon chempionatida frantsuz o‘z jamoasini finalga olib chiqqan va erda qanday holat yuz bergani barchamizga ma’lum... 34 yoshida o‘zining pik formasida turgan Zidan to‘satdan faoliyati yakunlaganini e’lon qildi.


Texnik elementlarda mukammallik

Xabibning kurashi shu qadar kuchli ediki, hech bir raqib unga qarshi ishlovchi uslubni topa olmasdi. Agar Nurmagomedov sizni parterga torta olsa, hotirjamgina g‘alabadan umidingizni uzaversangiz bo‘lardi.

Zinedin "Zidancha dribling"ni shu qadar mukammal va nafis bajargani bois, aslida, ko‘plab tillarda "Marsel ruleti" deb nomlanuvchi bu harakatni o‘zining nomi bilan muxlislar xotirasiga muxrlab qo‘ygandi. 


Ikki sportchi ham faoliyatini yakunlagach, murabbiylikda o‘zini sinab ko‘rdi va yaxshigina muvaffaqiyatlarga erishdi.

Xabib otasi Abdulmanap Nurmagomedovning ishini davom ettirdi va Islom Maxachevni UFC chempioni bo‘lishida katta yordam berdi. Xabib ukalari Umar va Usmonni ham turnirlarga ajoyib tarzda tayyorlay olyapti. 

Zinedin Zidan esa "Real Madrid"ni murabbiy sifatida boshqardi va ketma-ket uch bor Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

 

Agar hozir ham yuqoridagi so‘zlarimga shubha bilan qarayotgan bo‘lsangiz, Xabibning "Real Madrid" muxlisi ekanini inobatga oling. Balki shunda, o‘xshashliklar yanada yaqqolroq ko‘zga tashlanar!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
20/03/2025 17:07
шу эшматовни оширилган маколаси 1тийинга киммат. бунака ухшашликлардан миллионта топиш мумкин.
пичокка илинмайдиган ухшашлик