
Sport kurashlari. Ikki vakilimiz medallar uchun gilamga chiqadi.
Serbiya mezbonlik qila jahon chempionatining ikkinchi kuni jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda. -82 kg vazn toifasida bahs olib borayotgan Jalgasbay Berdimuratov barcha raqiblarini mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi! Polvonimiz bugun chempionlik bahsida turkiyalik Burxan Akbudakka qarshi gilamga chiqadi.
Shuningdek, -55 kgda Jasurbek Ortiqboev bronza medali uchun o‘tish bosqichida g‘alaba qozondi. Endi u shohsupaga ko‘tarilish uchun qozog‘istonlik Amangali Bekbolatov bilan bellashadi.
Fikrlar