
Sport gimnastikachilarimiz Jahon kubogida 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi
Misr poytaxtida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi nihoyasiga etdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Har ikki medalni yigitlarimiz qo‘lga kiritishdi. Abdulaziz Mirvaliev tayanib sakrash dasturida 14.116 ball bilan bronza medali sohibiga aylangan bo‘lsa, parallel brusda 13.866 ball jamg‘argan ikki karra Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Rasuljon Abdurasulov ham kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Fikrlar