“Spartak”ga O‘runov bilan bir paytda kelgan Kokorin ham ketadi

  • 20 dekabr, 2020, 12:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak”ning yozgi transferlar mavsumida olgan o‘yinchilari Oston O‘runov va Aleksandr Kokorin kutilgan natijani bermadi.

Tecno

Ayniqsa, rus futbolining yorqin yulduzi sifatida jamoaga taklif etilgan Kokorin yuqori darajada o‘ynay olmayapti.

Ayni paytda “Sochi” Kokorinni Moskvadan ortga qaytarmoqchi. Agar tajribali futbolchi “Spartak”dan ketadigan bo‘lsa, unga sochiliklar poytaxtliklar taklif qilgan sharoitlarga ega shartnoma berishni va’da qilmoqda.

“Sochi” rahbariyati jamoa joriy chempionatda Evrokuboklarga yo‘llanma olishini istayapti va shu bois tarkibni tajribali futbolchilar bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Aleksandr Kokorin esa, bu taklifga “Spartak”da bosh murabbiy masalasiga oydinlik kiritilganidan keyin aniq javob berishini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!