
"Spartak" uchun qimmatga tushayotgan legionerimiz
21 yoshli yarim himoyachi Oston O‘runov "Spartak"ni tark etish niyatida emas.
"Sport 24" nashri bergan xabarga ko‘ra, Oston Moskva jamoasidan yuqori maosh tufayli ketishni xohlamaydi. Legionerimiz rus klubidan oyiga 50 ming evro maosh oladi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar amal qiladi.
Qayd etish lozim, 2021/2022 yilgi mavsumni O‘runov "Ufa" safida ijarada o‘tkazdi. Avvalroq, unga eronning "Istiqlol" jamoasidan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar chiqayotgandi.
Fikrlar