
"Spartak" Oston O‘runov o‘rniga sobiq legionerini ortga qaytardi (Foto)
Niderlandiyaning "Ayaks" klubi yarim himoyachisi Kvinsi Promes Rossiya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi. Futbolchi sobiq jamoasi "Spartak"ga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, tomonlar 3,5 yillik shartnoma imzolagan. 29 yoshli yarim himoyachi 2014-2018 yillar moskvaliklar sharafini himoya qilgan va jamoaning eng yaxshi legionerlaridan biriga aylangandi.
Promes "Spartak" safida 135 uchrashuvda maydonga tushib, 66 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan hamda 34 marta assistentlik qilgan.
Fikrlar