“Spartak” O‘runovning narxini e’lon qildi!

  • 19 fevral, 2021, 19:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak”yarim himoyachisi Oston O‘runov tezroq o‘ziga yangi jamoa topishi kerak. Eng maqbul variant sifatida legionerimizning “Ufa”ga qaytishi aytilmoqda.

Tecno

“Ufa” bosh direktori Rinat Shaybekov Oston O‘runovni olib kelish bo‘yicha ish boshlanganini ma’lum qildi.

- Biz O‘runovni xarid qilish huquqisiz oddiy ijaraga olmoqchimiz. Bungacha biz “Spartak” rahbariyatiga o‘zbek futbolchisini to‘liq transfer qilish bo‘yicha murojaat etib, bizga berilgan summani qaytarishni taklif qilgandik. “Spartak” uch barobar ko‘p so‘radi. Biz ularga bir million evro bermoqchi edik, moskvaliklar 3 million evro talab qildi, - dedi Rinat Shaybekov.

O‘runov yozgi transferlar vaqtida “Spartak”ga aynan “Ufa”dan olib kelingan va moskvaliklar bilan besh yillik shartnoma imzolagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Genoa
19/02/2021 20:44
Eldorga o‘xshab harakat qilish kerak edi u ham vaqtida Spartak, Zenit Sska klublari takliflarini rad etib Jenoaga ketti Oston ham UFA da rivojlanib keyin yevropaga ketish kerak edi essiz