“Spartak” bilan shug‘ullanayotgan O‘runovning bozori “qaynay” boshladi!

  • 6 iyul, 2022, 19:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oston O‘runov ayni paytda “Spartak” tarkibida mashg‘ulotlarga jalb etilgan. Biroq, klub rahbariyati o‘yinchdan qutilish fikridan qaytgani yo‘q.

Tecno

Rossiya matbuoti “Spartak” yarim himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakat qilayotgan klublar soni ortib borayotganini va ularning deyarli barchasi “qizil-oqlar” bilan muzokaraga kirishgani haqida yozmoqda.

Transferlarga oid xabarlarni birinchilardan bo‘lib e’lon qiladigan https://metaratings.ru/ saytining yozishicha, “Spartak” O‘runov bo‘yicha aniq pozitsiyaga ega. Klub mutasaddilari legionerimizni ijaraga olishni istayotgan klublarga ijobiy javob bergani yo‘q. Moskvaliklar 21 yoshli futbolchini to‘liq sotib yubormoqchi.

O‘runovning amaldagi shartnomasi 2025 yilnin yarmigacha davom etadi.

Avvalroq, O‘runovga “Ximki” va “Torpedo”dan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar chiqqan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, xaridorlar safi kengaygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!