
Sonning qizil kartochkasi bekor qilindi
Angliya futbol assotsitsiyasi (FA) “Tottenxem” hujumchisi Son Xin Minning qizil kartochkasini bekor qildi.
Eslatib o‘tish lozimki, koreyalik futbolchi “Everton”ga qarshi o‘yinda Andre Gomeshga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun maydondan chetlatilgan edi. Ushbu vaziyatda esa portugaliyalik futbolchi to‘pig‘ini sindirib oldi.
Aytish kerakki, shu kuni uchrashuvni boshqarib borgan hakam Martin Atkinson dastavval Songa sariq kartochka ko‘rsatgan edi. Biroq, oradan biroz vaqt o‘tib u o‘z qarorini o‘zgartirdi va qizil kartochka ko‘rsatdi.
Fikrlar