Son Xin Min Mourinoga gigant do‘stini olib kelyapti

  • 17 iyul, 2020, 22:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” jamoasi birinchi transferini amalga oshirishga yaqin turibdi.

Tecno

Mourino jamoasi mutasaddilari Xitoy chempionatida o‘ynayotgan koreyalik himoyachi Kim Min Chjening transferini yakunlamoqda.  Inglizlar 23 yoshli futbolchi uchun “Pekin Goan” klubiga 15 million funt to‘laydigan bo‘ldi.

Bo‘yi ikki metrli bo‘lgan himoyachini olib kelishda “Tottenxem” hujumchisi Son Xin Min hal qiluvchi rol o‘ynadi. U terma jamoadagi do‘stini aynan Joze Mourino jamoasiga kelishga ko‘ndirdi. Bu futbolchiga “Everton” ham qiziqish bildirgandi.

Bo‘y-basti evaziga muxlislar o‘rtasida “koreyalik maxluq” laqabini olgan Kim Min Chje Janubiy Koreya terma jamoasi safida 30 ta o‘yinda 3 ta gol urgan.

min-jae_kim

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!