
Son Shatskixdan o‘zib ketdi
Xabaringiz bor kecha “Tottenxem” forvardi Son Xin Min “Manchester Siti”ga (4:3) qarshi bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi chorak final javob bahsida dubl qayd etdi.
Shu tariqa 26 yoshli koreyalik futbolchi o‘zining EChLda kiritgan gollari sonini 12taga etkazib oldi. E’tiborlisi, Son bu bilan Chempionlar ligasida eng ko‘p gol urgan osiyolik futbolchiga aylanib oldi.
Ta’kidlash kerakki, bungacha ushbu nom hamyurtimiz Maksim Shatskixga tegishli edi.
Fikrlar