
"So‘g‘diyona" Turkiyadagi dastlabki nazorat o‘yinini "Dnepr"ga qarshi o‘tkazdi
10 fevral kuni “Andijon” bilan birga Turkiyaga yo‘l olgan Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi kecha dastlabki nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
Ukrainaning “Dnepr” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar durang natijani qayd etdilar – 1:1.
O‘yin boshlarida jarima maydoni ichidagi qo‘pollikdan keyin belgilangan penaltini Shoxruz Norxonov golga aylantirib jamoasini oldinga olib chiqqandi. Keyinchalik, ukrainaliklar javob golini urdilar va shu tariqa, hisob boshqa o‘zgarmadi.
Ulug‘bek Baqoev boshchiligidagi jamoa navbatdagi o‘yinini 16 fevral kuni o‘tkazadi.
Fikrlar