
"So‘g‘diyona" o‘rtoqlik o‘yinida "Bunyodkor"ni mag‘lub etdi
Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida "So‘g‘diyona" bugun Toshkentda "Bunyodkor" jamoasiga qarshi nazorat o‘yinida maydonga tushdi. Keskin va murosasiz kechgan uchrashuvda "bo‘rilar" 3-1 hisobda g‘alaba qozondi. Jizzax klubidan gollarga Samandar Mavlonqulov, Lyupche Doriev (penaltidan) hamda Samandar Sindarovlar mualliflik qildi. "Qaldirg‘ochlar"ning yagona golini Shohrux Abdurahmonov muallifilk qildi.
Nazorat uchrashuvi
Bunyodkor - So‘g‘diyona 1-3
Gollar: Shohrux Abdurahmonov - Samandar Mavlonqulov, Lyupche Doriev (penaltidan), Samandar Sindarov.
Fikrlar