Sobiq jahon chempioni "Mersedes"ning yosh poygachisini qattiq tanqid qildi
Formula-1ning sobiq chempioni Jak Vilnyov "Mersedes"ning 19 yoshli piloti Andrea Kimi Antonellining Niderlandiya Gran-prisidagi harakatlari haqida yana bir bor gapirdi. Italiyalik poygachi quvib o‘tishga uringan "Ferrari" haydovchisi Sharl Lekler bilan to‘qnashib ketdi. Natijada, Lekler poygani davom ettira olmadi, Kimi esa katta jarimaga tortildi.
"Men o‘z so‘zimda yuz foiz turaman. Qaysi sayyorada u burilish yasab, Lekler bilan to‘qnashmaydi, deb o‘ylagandi? Bu poyga yurishi emas, balki juda havaskorona manyovr", - deya Vilnyovning so‘zlarini keltirdi Crash.net.
"Mersedes" poygachisi Andrea Kimi Antonelli Niderlandiya Gran-prisini 16-o‘rinda yakunladi. Poyga g‘olibi Oskar Piastri bo‘ldi.



Fikrlar