
Sobiq hamyurtimiz Mayk Tayson bilan bo‘ladigan jangga o‘z munosabatini bildirdi
Superog‘ir vazn toifasida sobiq WBC chempioni Oleg Maskaev Mayk Tayson bilan jang qilishga tayyorligini aytdi.
"Albatta, men Maykka qarshi ringga chiqqan bo‘lardim. Kim ham bunday jangni rad qilardi? Lekin bu oson bo‘lmaydi. Kamida ikki oy mashg‘ulot o‘tkazish kerak bo‘ladi. Men Maykni nokaut qilaman yoki shunga o‘xshash gaplarni ayta olmayman. Bizning jangimiz qanday bo‘ladi? Bu Yaratganning o‘ziga ayon", - dedi Maskaev.
Eslatib o‘tamiz: Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlyov sobiq hamyurtimiz Oleg Maskaev hamda Mayk Tayson o‘rtasida jang o‘tkazish taklifi bilan chiqqan edi.
Manba:SB.ru
Fikrlar