Slot "Manchester Siti"ga qarshi o‘ynamaydigan futbolchilarni aytdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premer-ligasi 11-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi markaziy o‘yin oldidan jamoasining jarohat olgan futbolchilari holati haqida ma’lumot berdi. O‘yin 9 noyabr, yakshanba kuni Toshkentda soat 21:30 da boshlanadi.
"Isak bugun uch haftalik tanaffusdan so‘ng ilk bor jamoa bilan shug‘ullanadi. Avval aytgan gapimni yana takrorlashga majburman: unga ozgina vaqt bering. Alison qaytmoqda, o‘ylashimcha, Jeremi Frimpong ham safda bo‘lishi kerak, ammo ikkalasi ham noyabr oyidagi xalqaro tanaffusdan keyin", - deya Slotning so‘zlarini keltiradi "Liverpul" matbuot xizmati.
"Liverpul" APL 10-turidan keyin ochkolarini 18 taga etkazib olgan holda turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.



Fikrlar