Skoulz: "Fernandesh "Old Trafford" sog‘ingan futbolchi"

  • 11 aprel, 2020, 18:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ochig‘ini aytganda Fernandeshni markaziy yarim himoyachi deb hisoblamayman. U haqiqiy 10 raqam futbolchisi. U to‘p bilan ajoyib harakatlanadi va doim raqib yarimmaydonida. U "Yunayted" himoyasini hujum bilan bog‘lash vazifasini a’lo darajada uddalamoqda. U sheriklarini to‘p bilan ta’minlashni biladi. Bundan tashqari, yaxshi zarba bera oladi. Brunu kabi futbolchini MYu muxlislari ancha sog‘inishgan edi.

Tecno

Muxlislar uning o‘yini orqali Erik Kantona va Teddi Sheringem davrlarini eslashayotgan bo‘lsa kerak. Astoydil mehnat qilsa, Brununing potetsiyali ularni ortda qoldirishga ham etadi, deb o‘ylayman", - dedi 45 yoshli sobiq "iblis".

Ma’lumot uchun, portugaliyalik xavbek manchesterliklar safida jami 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta assistni amalga oshirishga ulgurdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!