"Siti"ga kubokni olib bergan Gyundoganga nega medal berishmagani ma’lum bo‘ldi

  • 5 iyun, 2023, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan "Manchester Yunayted"ga qarshi kechgan Angliya kubogi finalining bosh qahramoniga aylandi. Germaniyalik futbolchining qayd etgan dubli evaziga “shaharliklar” 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, kubokni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Bunday ajoyib o‘yinga qaramay taqdirlash marosimida Gyundogonga medal berilmadi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, medallar barchaga etmay qolgan, deb yozmoqda The Sun. Shu kuni “Siti”ning yana bir etakchi futbolchisi Kevin de Bryuyne ham medalsiz qoldi, biroq belgiyalik futbolchi keyinchalik jamoadoshlaridan biridan medal olgan. Gyundogan esa barcha fotosuratlarda medalsiz aks etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Manchester Siti” muxlislari final qahramoniga o‘z achinishlarini izhor qilishdi. Albatta, biroz kechroq bo‘lsada Gyundogan baribir medalini oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!