"Siti"dan so‘ng "Yunayted" ham shayhlar qo‘liga o‘tadi?!

  • 21 mart, 2023, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatarliklar chorshanba kuni "Manchester Yunayted"ga ikkinchi taklif bilan chiqishadi.

Tecno

Sky Sports xabariga ko‘ra, o‘tgan payshanba kuni shayh Jassim bin Hamad Ol Soniy delegatsiyasining "Manchester Yunayted" rahbariyati bilan o‘tkazgan muzokaralari muvaffaqiyatli yakunlangan. Shayxning maslahatchilari yangi taklif ustida ishlamoqda va u 22 mart, chorshanba oqshomiga qadar kiritilishi kutilmoqda.

"Manchester Yunayted"ga egalik qiluvchi Gleyzerlar oilasi klubni aynan qatarliklarga sotishiga bo‘lgan ishonch kuchayib bormoqda. Avvallari qatarliklar «Yunayted» uchun ortiqcha pul to‘lamoqchi emas, deb hisoblanardi, ammo delegatsiyaning «Old Trafford»ga tashrifidan so‘ng bu pozitsiya yumshab ketdi.

Nyu-Yorkdagi manbalarning Sky Sports nashriga ma’lum qilishicha, ushbu tashrifdan so‘ng Shayx Jassim "Manchester Yunayted" egasi bo‘lishni xohlayotganiga shubha yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!