
“Siti”birorta hujumchisiz qolyapti!
Xosep Gvardiola yangi mavsum oldidan barcha hujumchilaridan ayrilishi mumkin. Serxio Aguero mavsum yakunlanishi bilan “Barselona”ga o‘tib ketgan.
“Shaharliklar” yana bir hujumchi Rahim Sterlingni transferga qo‘yishga qaror qildi va u ham o‘ziga mos jamoa topishi bilan Manchesterni tark etadi.
Braziliyalik hujumchi Gabriel Jezus ham Turindan yaxshigina taklif oldi. “Yuventus” rahbariyati “Siti”ning asosiy to‘purariga aylanishi kutilayotgan hujumchini ijaraga olishga ham, to‘liq transfer qilishga ham tayyor ekani aytilmoqda.
Gvardiola Aguero ketganidan keyin to‘purar hujumchi olishi kutilgandi. Biroq, manchesterliklar hali birorta transferni uddalay olgani yo‘q.
Manbalarning xabar berishicha, “Manchester Siti” Harri Keynni olganidan keyin uning atrofiga boshqa hujumchilarni tanlashni rejalashtirayotgan ekan.
Fikrlar