“Siti” tarkibini “Real” o‘yinchisi bilan kuchaytiradi

  • 2 may, 2023, 23:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Fichajes nashrining xabar berishicha, “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola himoya chizig‘iga yangi o‘yinchi kerak, deb hisoblamoqda. Manbaga ko‘ra, manchesterliklar “Real” himoyachisi Ferlan Mendini olishni ko‘zlayapti.

“Manchester Siti” mutasaddilari frantsiyalik futbolchini jamoadan ketishi aniq bo‘lib ulgurgan Joau Kanseluga o‘rinbosar sifatida olib keladi.

Portugaliyalik futbolchi bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan urishib qolganidan keyin, “Bavariya”ga ijaraga berib yuborildi. U yozda o‘ziga boshqa ish joyi topishi kerak.

Madrid klubi ham tarkibni o‘zgartirish maqsadida bir necha futbolchilar, xususan, 27 yoshli Ferlan bilan xayrlashishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!