"Siti" sobiq futbolchisi De Bryuynening ketishiga munosabat bildirdi

  • 5 aprel, 16:50
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Kevin de Bryuyne 2024-2025 yilgi mavsum yakunida "Manchester Siti"ni tark etishini e’lon qildi. Belgiyalik futbolchining bu bayonotiga "shaharliklar"ning sobiq futbolchisi Serxio Aguero o‘z munosabatini bildirdi.

- Sen "Manchester Siti"ni buyuk qilding va eng yaxshisiga loyiqsan. Shuncha yil birga o‘ynab, sening o‘sishingga guvoh bo‘lish men uchun sharaf edi. Barchasi uchun rahmat, afsonaviy futbolchi! - deya yozdi Aguero ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Ma’lumot uchun. De Bryuyne 2015 yil avgust oyining oxiridan beri "Manchester Siti" safida to‘p tepib kelmoqda. "Shaharliklar" Angliya chempionatidagi navbatdagi o‘yinini 6 aprel, yakshanba kuni mehmonda "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!