
"Siti" futbolchisi "Real"ga qarshi o‘yindan oldin Benzema haqida gapirdi
"Manchester Siti"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Rodri Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi to‘qnashuv oldidan "Real" hujumchisi Karim Benzema haqida fikr bildirdi.
"U faoliyatidagi eng yaxshi davrini o‘tkazmoqda. Men unga qarshi bir necha bor o‘ynadim va uning o‘yini hech kimga o‘xshamasligini hamda jamoani har jabhada yaxshilayotganini payqadim. Bu yil u asosiy gollarni urdi. U jamoasi to‘pga egalik qilishi uchun hamma narsani qiladi.
Anchelotti aytganidek, u mukammal zamonaviy hujumchi. Biz unga qarshi juda ehtiyotkorlik bilan o‘ynaymiz", - dedi Rodri.
Benzema joriy mavsum "Real" safida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 39 ta gol urdi va 14 ta golga assistentlik qildi.
“Manchester Siti” – “Real” uchrashuvi ertaga 26 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar