"Siti" Bellingemni olish uchun Grilishni "qurbon qilmoqchi"

  • 3 dekabr, 2022, 21:01
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Jud Bellingem Evropa grandlari radarida bo‘lib turibdi.

Tecno

Ayniqsa, "Manchester Siti" ingliz vunderkindini o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun jiddiy harakat qilmoqda. Aytilishicha, Erling Xoland hamda Fil Foden Bellingemga faoliyatini Manchesterda davom ettirishni maslahat bergan.

"Football Insider" nashri bu transferning o‘ziga xos jihati haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, "shaharliklar" Judni olib kelish uchun o‘z yulduzlaridan birini "qurbon qilish"ga tayyor. Bu Jek Grilish bo‘lishi mumkin.

Avvalroq, Bellingemga "Real" va "Liverpul"dan ham jiddiy qiziqish borligi aytilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!