Simeone bugun "Atletiko"ga yordam bera oladimi?

  • 1 dekabr, 2020, 09:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone urugvaylik hujumchi Luis Suaresning koronavirusga topshirgan navbatdagi testi ham musbat chiqqani bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

“Ushbu virus juda g‘alati. Ertaga u salbiy natija ko‘rsatishi va Suares maydonga tushishi mumkin. U shug‘ullanmoqda, jamoaga yordam berishni va uchrashuvda ishtirok etishni xohlamoqda. Siz kutishingiz kerak.

Kecha u bilan gaplashdim, u o‘zini yaxshi his qilayotganini va jamoada bo‘lishni xohlayotganini aytdi. Agar u ertaga o‘ynamasa, shanba kuni o‘ynaydi, hech qanday muammo bo‘lmaydi”, - dedi argentinalik mutaxassis.

"Atletiko" - "Bavariya" uchrashuvi bugun Toshkent vaqt bilan 01:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!