
Silva yapon klubida Inesta bilan birga to‘p surishi mumkin
"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi David Silva faoliyatini Yaponiyada davom ettirishi mumkin.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 33 ispaniyalik futbolchiga "Vissel Kobe" klubidan qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Ta’kidlash kerakki, ushbu jamoada ispaniyalik boshqa bir yulduz futbolchi Andres Inesta ham to‘p surmoqda.
Ma’lumot uchun, Silvaning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar