Shuhrat Maqsudov: "VARda ham hakamlar o‘tiribdi. Shu bois ular haqida gapirmayman, foydasi yo‘q"

  • 6 avgust, 2021, 22:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 14-turida “Mash’al” – “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda 1:1 hisobi  qayd etildi. Uchrashuv yakunlanganidan keyin “Qaldirg‘ochlar” ustozi Shuhrat Maqsudov o‘z fikrlarini quyidagicha bildirdi.

Tecno

- O‘yin haqida nima deysiz?

- Hamma ko‘rdi, 1:1 bo‘ldi. O‘ylaymanki, bu o‘yinni yutishga bizda ko‘proq imkoniyat bo‘lgandi. Ammo g‘alaba qozonish uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish kerak. Nima qilamiz? Durangga ham qoniqish hosil qilamiz.

- VAR haqida fikringiz qanday?

- Men hakamlar haqida gapirmoqchi emasman. VARda ham hakamlar o‘tiribdi. Shu bois ular to‘g‘risida umuman gapirmayman. Buni foydasi yo‘q. Boshqa savol bo‘lsa beringlar, bo‘lmasa katta rahmat.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
07/08/2021 14:50
жуда зур жавоб