
Shota Arveladze "Persepolis"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze OChL chorak finalida "Persepolis"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Persepolis" - "Paxtakor" 2:0. "Persepolis" darvozaga ikkita aniq zarba yo‘llab, ikkita gol urdi. Bu ularning darajasini ko‘rsatadi. Osiyo chempionlar ligasi — barchasini detallar hal qiladigan o‘ziga xos musobaqa.
O‘ylashimcha, biz bundan ko‘prog‘iga munosib edik. Ammo, umuman olganda biz o‘zbek futboli uchun ijobiy imij berdik. Futbolchilar, barcha xodimlarga va muxlislarga qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun tashakkur izhor etaman", - deb o‘zining "Facebook"dagi sahifasida post qoldirdi gruziyalik mutaxassis.
Fikrlar