
Shota Arveladze: "Bu haqda gapirishni xohlamayman"
Bugun tunda Shota Arveladze boshliq bir qator "Paxtakor" vakillari Toshkent xalqaro aeroportidan yurtimizni tark etishdi. Gruziyalik murabbiy jamoadan ketishi va kelgusi faoliyati haqidagi savollarga javob berdi.
"Menga O‘zbekistonda ishlash yoqimli bo‘ldi. Ajoyib uch yilni o‘tkazdik. Yigitlarga katta rahmat aytmoqchiman. Hozir men uchun qiyin. To‘g‘risi, aytmoqchi bo‘lgan gaplarimni qanday so‘zlar bilan ifodalashga hayronman. Klub rahbariyati va doim "adrenalin"ga boy bo‘lgan muxlislarga minnatdorlik bildiraman. Men bormanmi yoki yo‘q, ular "Paxtakor"ni shunday sevishlarini istayman.
Yangi shartnoma? Endi, bularning bari tarixda qoldi. Bu haqda gapirishni xohlamayman. Barchani kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklayman. Hammaga eng yaxshi tilaklarim, doimo sog‘ salomat bo‘linglar. O‘zbek futboliga kelajakda katta g‘alabalar tilab qolaman", -dedi Shota Sports.uz saytiga bergan intervyusida.
Fikrlar