Shomurodovning yo‘lidan yurish oson emas!

  • 22 dekabr, 2020, 19:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak” hujumchisi Aleksandr Kokorin “Rostov”dan “Jenoa”ga o‘tgan Eldor Shomurodov ortidan Italiyaga ketmoqchi ekani haqida xabar bergan edik.

Tecno

Xabarda “Fiorentina”dan qiziqish borligi, moskvaliklar ishonchni oqlay olmagan futbolchini qishda sotib yuborishi aytilgandi.

“Fiorentina” sport direktori Daniele Prade bu ma’lumotlarni rad etdi.  

- Hozir biz uchun Kokorin transferi dolzarb emas. Rossiya klubi futbolchi uchun 15 million evro kompensatsiya so‘ragani ham haqiqatdan uzoq, - dedi Prade. 

Aleksandr Kokorin “Spartak”ga yozgi transferlar vaqtida erkin agent sifatida kelgan edi. U shu paytgacha sakkizta o‘yinda qatnashib, penaltidan ikkita gol urdi.

Ta’kidlash joizki, yozda “Fiorentina” Eldor Shomurodovga xaridor bo‘lgan edi. Biroq, transfer poygasida imkoniyatni genuyaliklarga boy bergan florentsiyaliklar hamon yaxshi saviyadagi hujumchi qidirmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!