
Shomurodovdan gol egan darvozabon o‘z o‘rnini eng qimmat posbonga bo‘shatib beradi
“Chelsi”dagi o‘rnini yo‘qotgan dunyoning eng qimmat darvozaboni Kepa Arrisabalaga faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.
Ispaniyalik golkiperga “Latsio” xaridor bo‘lmoqda. Rimliklarning asosiy darvozaboni Pepe Reyna avgust oyida 39 yoshni qarshi oladi.
Ulkan tajribaga ega bo‘lgan Pepe Reyna joriy mavsumda “Jenoa” hujumchisi Eldor Shomurodovning ajoyib zarbasini qaytara olmagani ham hali muxlislarning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak.
“Latsio” 26 yoshli Kepani keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijara asosida o‘ynatmoqchi .
Reyna o‘z faoliyati davomida “Napoli”, “Liverpul”, “Bavariya”, “Milan”, “Aston Villa” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. Bu yildan e’tiboran, “Latsio” darvozasini qo‘riqlamoqda.
Fikrlar