Shomurodov "Yuventus"ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydimi?

  • 10 dekabr, 2020, 16:27
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempionati 11-turi doirasida "Jenoa" o‘z maydonida "Yuventus"ni qabul qiladi.

Tecno

Gazetta dello Sport nashri ushbu o‘yin uchun jamoalarning ahvoli va tarkibdagi rokirovkalar haqida o‘z taxminlarini ilgari surdi.

Genuyaliklar darvozaboni Federiko Marketti jarohati bois jamoasiga yordam bera olmaydi, uning o‘rnini Mattia Perin egallaydi. Shuningdek, bosh murabbiy Rolando Maran himoya chizig‘ida Edoardo Goldanigu, Matteo Bani, Andrea Masello va Luka Pellegrinini maydonga tushirishi kutilmoqda.

Nashrga ko‘ra, Janluka Skamakka va Marko Pyatsa hujum tandemi o‘yinni asosiy tarkibda, hamyurtimiz Eldor Shomurodov zaxira o‘rindig‘ida boshlaydi.

"Yuventus"da ham asosiy rokirovka hujum chizig‘ida bo‘ladi. Tartib intizom qo‘mitasi o‘tgan o‘yinda qizil kartochka olgan Alvaro Morataning appelyatsiyasini qabul qilmasa, unda Paulo Dibala va Krishtianu Ronaldu juftligi dastlabki daqiqalardan boshlab maydonda harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!