
Shomurodov o‘ynamaganida bu voqea sodir bo‘lmasdi...
“Roma” Italiya kubogining nimchorak final uchrashuvida “Sampdoriya”ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib keyingi bosqichga chiqqan edi. Ushbu bahsda Eldor Shomurodov 78-daqiqada maydonga tushib, bir daqiqadan keyin boshi bilan supergol urdi.
Rimliklar keyingi bosqichda mamlakatning eng qudratli klublaridan hisoblangan “Milan” bilan uy-safar tizimida ikkita bellashuvda kuch sinashadi.
“Roma” rasmiy sayti “Sampdoriya” bilan bo‘lgan uchrashuvida jahon futbolida kam kuzatiladigan tarixiy voqea yuz bergani haqida ma’lumot chiqardi.
Bu bahsda poytaxtliklar bosh murabbiyi Klaudio Raneri dunyoning beshta qit’asidan kelgan futbolchilarni bir tarkibga joyladi. Bunaqasi o‘ta noyob hodisa hisoblanadi.
Okeaniya
Raneri bu gal darvozani olis Avstraliyadan kelgan Metyu Rayanga ishonib topshirdi. Tajribali posbon rasmiy uchrashuvlarda “Roma” libosini kiygan ikkinchi avstraliyalik futbol bo‘ldi. Birinchisi esa Kristian Volpato hisoblanadi. Avstraliya terma jamoasining asosiy darvozaboni shu kuni “Roma”dagi rasmiy debyutini o‘tkazdi.
Afrika
Evan Ndika “bo‘rilar”ning himoya chizig‘idan muqim joy olib kelmoqda. Frantsiyada katta bo‘lgan yigitning kelib chiqishi Afrikadan. Garchi yoshlar o‘rtasidagi musobaqalarda Frantsiya U-21 terma jamoasi sharafini himoya qilgan bo‘lsa-da, keyinchalik Kot'dIvuara milliy terma jamoasini tanlab, yana afrikalikka aylanib oldi.
Janubiy Amerika
“Roma” amaldagi jahon futbolida etakchilik qilayotgan Argentinaning uch futbolchisini o‘zida jamlagan. Paulo Dibala zaxirada qolgan bo‘lsa-da, Leonardo Paredes ilk daqiqalardan to‘p tepib, g‘alabaga hissa qo‘shdi. Keyinroq Raneri maydonga Matias Suleni ham tushirdi.
Evropa
Rim Evropaning “yuragi” bo‘lganidan keyin ushbu jamoada “ko‘hna qit’a” vakillari ko‘p bo‘lishi tabiiy.
“Sampdoriya”ga qarshi uchrashuvda maydonda harakat qilgan Lorentso Pellegrini, Nikolo Pizilli, Tommazo Baldantsi, Nikola Zalevski, Anjelino, Mario Ermoso, Entso Le Fe, Aleksis Salemakers, Samuel Dal va Artyom Dovbik aynan Evropa qit’asining turli mamlakatlari futbolchilari hisoblanadi.
Osiyo
Agar Klaudio Raneri o‘yinning 78-daqiqasida Eldor Shomurodovni zaxiradan maydonga tushirmaganida bu tarixiy voqea yuz bermas edi. Bungacha, italiyalik murabbiy Eldorni ketma-ket uchta bahsda zaxiraga mixlab qo‘ygandi.
“Sampdoriya”ga qarshi to‘qnashuvda o‘zbek legioneri o‘yinga qo‘shilishi bilan uchrashuvda besh qit’a charm to‘p ustalari birlashdi.
Eldor Shomurodov esa, tarixiy voqeani boshi bilan kiritilgan supergol urgan holda nishonladi.
Shu tariqa, Klaudio Ranerining o‘zi jahon futbolidagi eng ko‘p millatli jamoalardan biriga ustozlik qilayotgan mutaxassisga aylandi.
Kim kuchli? Husanov va Fayzullaevni taqqoslashdi!
O‘zbek futbolchisiga “Manchester Siti”, PSJ va “Atletiko” xaridor!
O‘zbek futbolchisiga “Spartak”, “Zenit” va TsSKA qiziqayotgani tasdiqlandi!
Fayzullaev otlan, Evropaga ketadigan payt keldi!
Kim tezkor: Shomurodov yoki Dibala? (foto)
Fikrlar