
Shomurodov: Men sizlar bilan!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi ertaga, 23-yanvar kuni Osiyo kubogining 3-turida Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi.
Ushbu uchrashuv oldidan terma jamoamiz sardori va jarohati sabab musobaqani o‘tkazib yuborayotgan Eldor Shomurodov futbolchilarga omad tiladi.
"Assalomu alaykum barcha terma jamoa a’zolariga. Bolalar, 23-yanvarda bo‘ladigan Avstraliyaga qarshi o‘yinda chin yurakdan omad tilayman, men qalban sizlar bilanman.
Nafaqat men, balki, butun O‘zbekiston aholisi sizlar bilan va sizlarga ishonadi. Yuzlaring yurug‘ bo‘lib, mana shu Osiyo kubogida yaxshi natija bilan qaytish nasib qilsin. Omad!", - deydi Shomurodov.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli hujumchi "Kalyari"dagi mashg‘ulotlar paytida oyog‘ining barmog‘ini sindirib olgan edi.
Fikrlar