Shomurodov: "Eronga qarshi maydonda 12-futbolchimiz ham bo‘ladi"

  • 19 noyabr, 2023, 17:45
  • Karim Xudayqulov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekistonni oldinda Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan Eronga qarshi bahs kutib turibdi. Mazkur o‘yin oldidan terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.  

Tecno

"Hamma biladi, bizni oldinda muhim o‘yin kutib turibdi. Uyda o‘ynashimiz bizga foyda, chunki maydonda 12-futbolchi,  muxlislar ham bo‘ladi. Albatta natija uchun harakat qilamiz". 

Erondagi yo‘qotishlar haqida:

"Bilmadim, bu yo‘qotish yordam beradimi, yoqmi? Biz hozir o‘zimizning o‘yinga e’tiborni qaratganmiz. Bizda hammasi joyida, jarohat olganlar yo‘q". 

"Turkmanistonda 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Bunaqa qiyin o‘yinlar ham bo‘lib turadi, lekin eng muhimi 3 ochko. Ikkita jamoa ham bir maydonda o‘ynadi. Mazkur o‘yin o‘tib ketdi. Endi oldinda kutib turgan uchrashuvlarga e’tibor qaratishimiz kerak", - dedi hujumchimiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Боратов Даврон 1986 Кудаш
19/11/2023 19:01
Элдор сизга терма йигитларига омат
ишбобоев жума
19/11/2023 18:03
Шома Сурхондареликлар Сен билан бирга. Форсларга бир уйинни курсатиб куйинглар. Олга Узбекистон.
&
Бахриддин М.З.
19/11/2023 20:37
Шома майдонга тушмаса ютамиз, шома тушса кўришни фойдаси йўқ. Зидан тренер бўлса хам шома ўйнаса ютқизади