Shomurodov, ispan superklubiga o‘t!

  • 26 iyun, 2022, 22:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodovning “Roma”dagi faoliyati hamon mavhumligicha qolmoqda. Garchi jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino legionerimizni Rimda olib qolishga qaror qilgan bo‘lsa-da, klub mutasaddilari Eldorning o‘rniga boshqa hujumchi qidirayotgani va yaxshi taklif tushsa, o‘tgan mavsum asosiy tarkibga kira olmagan o‘yinchimizni sotib yuborishi mumkinligi haqida ham xabarlar chiqmoqda.

Tecno

Shomurodov ishsiz qolmasligi tabiiy. O‘zbek futbolchisiga Italiya, Ispaniya, Germaniya va Turkiya klublaridan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar ko‘zga tashlanmoqda.

Eldorning yuqori darajali hujumchisiga aylanishiga katta hissa qo‘shgan Valeriy Karpin shogirdi uchun eng maqbul variantni aytdi. Buni Shomurodov maslahat sifatida qabul qilishi mumkin. 

- Shomurodov uchun eng maqbul variant – “Sevilya”. Eldorning o‘yin uslubi ispan futboliga to‘la mos keladi. Italiyada asosiy e’tibor himoyaga qaratiladi. Ispaniyada esa hujumga!

Shomurodov hujum chizig‘ida o‘zini juda erkin his qiladigan o‘yinchi hisoblanadi, - dedi Valeriy Karpin.

Rossiyalik mutaxassis “Rostov”ni boshqargandan davrda Eldor Shomurodovni asosiy hujumchi darajasiga ko‘targan. Karpin Shomurodovni markaziy hujumchi va qanot hujumchisi sifatida o‘ynatgan. Shuningdek, hamyurtimizning “Jenoa”ga transfer qilinishida unga ko‘maklashgan.

large_17

Eslatib o‘tamiz, "Sevilya" Ispaniya chempionatining eng kuchli klublaridan biri. Mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlagan andalusiyaliklar kelasi mavsumda Chempionlar ligasida o‘ynaydi.

Mourino o‘z himoyachilariga ishonadi!

Joze Mourino “Roma”ning asosiy himoyachilari Janluka Manchini va Kris Smolingga ishonch bildirishda davom etadi. Bu ikki futbolchi etakchiligidagi himoyachilar Konferentsiyalar ligasidagi g‘alabaga katta hissa qo‘shdi.

Shu bilan birga klub rahbariyati Rojer Ibanesga jo‘yali taklif bo‘lsa, uni sotib yuborishga tayyor. Chunki Rim klubi skautlari uning o‘rnini bosishga qodir o‘yinchi topib qo‘ydi.

Corriere dello Sport nashrining yozishicha, skautlar Joze Mourinoga “Ayntraxt” himoyachisi Evan Ndikani olishni tavsiya qilishmoqda.

“Oser” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan himoyachi 2018 yildan beri Bundesliga klubi sharafini himoya qilib kelmoqda va shartnomasi yakunlanishiga yana bir yil qoldi.

Ndika mavsumni 44 ta uchrashuv, to‘rtta gol va to‘rtta assist bilan yakunlandi. Uning transfer summasi 32 million evroni tashkil qilayotgan bo‘lsa-da, shartnomasi oxirlab borayotganini inobatga olib, arzonroq narxga xarid qilish mumkin.

rue8091071da1

“Roma” o‘yinchisiga yaxshi xaridor bor!

“Roma” va “Sassuolo” o‘zaro o‘yinchi almashishi mumkin. Rimliklar klub tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 22 yoshli yarim himoyachi Davide Frattezini yana ortga qaytarmoqchi.

“Sassuolo” bu o‘yinchi bilan xayrlashishga tayyor. Bu klub rimliklardan transfer shartnomasi doirasida 20 yoshli Edoardo Boveni berishni so‘radi. Biroq “Roma” sport direktori TЬyagu Pinto bosh murabbiy Joze Mourino katta ishonch bildirayotgan o‘yinchi berilmasligini ma’lum qildi.

Endi “Sassuolo” Mourino qo‘l ostida ochilib borayotgan boshqa yosh futbolchi – Kristian Volpatoga og‘iz solmoqda. 18 yoshli hujumkor futbolchi hali “Roma” asosiy tarkibida muqim o‘ringa ega emas.

Shu bois, tomonlar o‘zaro rokirovkaga Volpatoni qo‘shishi kutilyapti.

1645298304_roma

Mourino Shomurodov o‘rniga “Manchester Yunayted” yulduzini chaqiryapti!

Shomurodovni “katta marra” kutib turibdi!

Shomurodovga raqobatni boy bergan hujumchi “Real”da Benzema o‘rnini egallaydi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Suxrob Sa'dullayev
28/06/2022 01:16
Real Madridga o‘tsa dim yaxshi bo‘ladi
Baxil Alihuja
27/06/2022 10:38
Каерга кетса хам майли! Факат Моурдан узок булса булди
&
Абдурахмон лидер
27/06/2022 02:06
Карпиннинг фикрига кушиламан. Туркияга кетиш хатодек куринвотди.